35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya oldi o‘rganish: aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Mazkur sessiya oldi o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Kilichov tomonidan Baxshiboyi MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti holati, mavjud muammolar va aholining murojaatlari o‘rganildi.

Mahallada jami 11 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, deputat Marg‘iyona ko‘chasi ko‘chaboshisi O.Murodov hamda mahalla nuroniysi R.Otayorov bilan suhbatlashdi.

Suhbat jarayonida hudud aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati, suv tarmoqlarining ishlashi hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Aniqlangan masalalar sessiyada ko‘rib chiqiladigan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti doirasida tahlil qilinib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputatlik nazoratiga olinadi.

Slide 1 of 3