Oʻrganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 126 nafar xotin-qiz bilan ishlash holati koʻrib chiqildi.
2 nafar ayolga imtiyozli kredit ajratilgan;
⚖21 nafar ayolga huquqiy yordam koʻrsatilgan;
42 nafar ayolga psixologik va tibbiy yordam berilgan;
1 nafar ayolning uy-joyi taʼmirlangan.
Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va mavjud muammolarini hal etish boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash masalalari deputat nazoratida.