35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazoratida: mahalladagi xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 6-bandi — mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan Sh. Rashidov mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla ko‘chalari aylanib chiqilib, hududdagi mavjud muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, deputat ko‘cha boshilari bilan uchrashib, mahalladagi dolzarb masalalar, obodonlashtirish, ijtimoiy muammolar va fuqarolarning takliflari yuzasidan suhbatlashdi.

Slide 1 of 2