35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya oldi o‘rganish: ichimlik suvi ta’minoti masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Suv ta’minoti bo‘limi rahbarining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Gulobod MFY, Temiryo‘lchi ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat ko‘cha faollari bilan suhbatlashib, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlarini o‘rgandi.

Aniqlanishicha, Gulobod mahallasida jami 4 ta suv minorasi mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi ishlab turibdi. 

Slide 1 of 1