35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "7-Yo‘ldoshobod" saylov okrugi deputati M.Dexqonov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan "Xo‘jaqishloq" mahalla fuqarolar yig‘inining "Mirishkor" ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘cha infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi. Muloqot jarayonida fuqaro Sh.Yo‘lchiyev hamda M.Ohunovlar tomonidan "Mirishkor" ko‘chasining 1 km qismini asfaltlashtirish zarurligi bo‘yicha murojaat bildirildi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 5