#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M.Musurmanov tomonidan tumandagi 6 umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida inklyuziv ta’limga jalb etilgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining holati, maxsus jihozlar bilan ta’minlanganlik hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi mavjud holat tahlil qilinib, inklyuziv ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|