Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardonov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Xolmo‘minov Ikrom saylangan 2-"Obod turmush" saylov okrugiga qarashli "Obod turmush" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi.
O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi asosida «mahalla yettiligi» tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, «Obod turmush» mahallasi hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borayotgan faoliyati atroflicha o‘rganildi.
Deputatlik nazorati jarayonida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.