Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori ijrosi doirasida 2026-yilda mahalliy Kengashlarning o‘zaro tajriba almashinuvini tashkil etish bo‘yicha belgilangan reja-jadval asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
📌 Mazkur tashabbus doirasida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga tashrifi tashkil etildi.
🤝 Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, sessiyalarni tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hujjatlar bilan ishlash jarayonlari yuzasidan tajriba almashildi.
💻 Shuningdek, Boyovut tumani Kengashi kotibiyati faoliyati, ish yuritish tizimi, nazorat-tahlil yo‘nalishlari, deputatlik so‘rovlari ijrosini monitoring qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
💡 Uchrashuv davomida mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik va samaradorlikni oshirish, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
📈 Bunday tajriba almashinuv tadbirlari mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, ✅ ilg‘or ish usullarini ommalashtirish hamda deputatlik institutining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
👍 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati