🤝 TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMIGA TASHRIF BUYURILDI
📍 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tashrif buyurdi.
👥 Tashrif davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.
📚 Shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarning ijrosi, ta’lim sifati, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar muhokama etildi.
✅ Yakunda ta’lim tizimidagi mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish, sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.