35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: DEPUTAT NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: DEPUTAT NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

🇺🇿 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika sohasida barqarorlikni mustahkamlash hamda senatorlar va mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Mazkur topshiriqlardan kelib chiqib, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "19-Farxod" saylov okrugi deputati Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan hududdagi transformator punktlari (TP) va gaz taqsimlash punktlarining (GTP) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda mavsumni betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

📊 Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratga olinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 6