FUQARO MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan Lolazor mahallasining O‘n ikki ko‘chasi fuqarosi Saidova Shoista opaning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
🛣 Fuqaro murojaatida ko‘cha yo‘lining qoniqarsiz holatda ekani, qish mavsumida loy, yoz faslida esa chang ko‘tarilishi sababli aholi, ayniqsa, keksalar, bolalar va transport harakati uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.
🔎 Deputat tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirilib, mazkur yo‘lni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
📨 O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘n ikki ko‘chasini ta’mirlash, shag‘allashtirish yoki asfaltlashtirish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.