35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi tomonidan biriktirilgan tashkilot — Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi va mavjud muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1