Obodonlashtirish ishlari nazoratda
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda Baxt mahallasida yangidan ta’mirlanishi rejalashtirilgan ko‘chada bo‘ldi. Tashrif davomida ko‘chada olib borilayotgan o‘lchash ishlari ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash jarayonini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yanada yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.