DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABLARNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasidagi 62-son umumta’lim maktabining yangi 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining umumiy holati, sinfxonalar, o‘quv jihozlari, sanitariya-gigiyena talablari, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Monitoring jarayonida yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifati uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati tartibida kuzatib borilishi belgilandi.
📍Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalarida sifatli va xavfsiz o‘quv muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.