35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
📝 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining VII chaqiriq yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMANCHI SESSIYA ISHIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMANCHI SESSIYA YAKUNIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMANCHI SESSIYASI
янв.21
YIGIRMANCHI SESSIYASI

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati M.Yunusov tomonidan fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish hamda hududdagi ekologik va obodonlashtirish masalalarini bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar “Noib ko‘prigi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bekbo‘tabek ko‘chasi 137-uy oldida mavjud bo‘lgan qurib qolgan daraxtni ko‘chirib olib tashlash masalasi yuzasidan mahalla yettiligi tomonidan bildirilgan murojaat asosida tayyorlandi.

Deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga yo‘llanib, mazkur holatni atroflicha o‘rganish, qurib qolgan daraxtni belgilangan tartibda ko‘chirib olib tashlash hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan asoslantirilgan rasmiy tushuntirish taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik so‘rovi orqali fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlarda xavfsiz va obodon muhitni ta’minlash hamda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni jadallashtirish maqsad qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi va natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2