Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
🗳 Jumladan, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashida bo‘shab qolgan “4-Keneges” saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash hamda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari smetasini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
🤝 Mazkur masalalar yuzasidan tuman saylov komissiyasi raisi M.Mirzambetov bilan uchrashuv o‘tkazilib, taklif va mulohazalar tinglandi.
📑 O‘rganish davomida saylov jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar va takliflar ko‘rib chiqildi.