35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash hamda xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan hisoblanadi.

📁 Suv xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-1076 | Qabul qilingan sana: 30.07.2025

🔺 Mazkur qonun suv resurslarini boshqarish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish hamda suv munosabatlarini zamonaviy huquqiy asosda tartibga solishga xizmat qiladi.

📝 “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-865 | Qabul qilingan sana: 30.08.2023

🔺 Ushbu qonun gidrotexnika inshootlaridan xavfsiz foydalanish, ularning ishonchli ekspluatatsiyasini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan.

📝 “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-784 | Qabul qilingan sana: 22.07.2022

🔺 Mazkur qonun aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni samarali boshqarish hamda sanitariya va ekologik xavfsizlikni mustahkamlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-766 | Qabul qilingan sana: 25.04.2022

🔺 Qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, sertifikatlash va realizatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

📝 “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-1023 | Qabul qilingan sana: 03.02.2025

🔺 Mazkur qonun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash hamda sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi.

📝 “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 483-I-son | Qabul qilingan sana: 30.08.1997

🔺 Ushbu qonun oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablarni belgilab, iste’molchilar salomatligini himoya qilish hamda mahsulotlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga suv resurslaridan samarali foydalanish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1