35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “Xursandlik” MFYda bo‘lib, mahallada istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mahalla ahli bilan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish hamda maishiy chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida ko‘chalardan olib chiqishni ta'minlash yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishda amaliy yordam so‘raldi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati.

Slide 1 of 2