Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirildi.
📌 Tahlil natijalariga ko‘ra, tuman Kengashi deputatlariga fuqarolar tomonidan 450 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra:
✅ 360 ta murojaat (80 foiz) ijobiy hal etildi;
ℹ️ 65 ta murojaat (14,4 foiz) bo‘yicha fuqarolarga qonunchilik asosida tushuntirish va huquqiy izohlar berildi;
⏳ 25 ta murojaat (5,5 foiz) hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida.
🤝 Fuqarolar murojaatlarining asosiy qismi ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, elektr va gaz ta’minoti, ijtimoiy yordam, bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.