35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🛣 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasida kun tartibidagi ikkinchi masala — “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

📌 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sherali Abdualimovich Daniyarov deputatlarga ma’lumot berib, ajratilayotgan mablag‘larning yo‘nalishlari, ichki yo‘llarda amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari hamda ularning aholi uchun yaratiladigan qulayliklari haqida axborot taqdim etdi.

🤝 Sessiyada yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.