35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlik_faoliyatidan

✅Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Nazarovalar tomonidan axborot markazi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida axborot markazida fuqarolar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari, markazning moddiy-texnik bazasi hamda faoliyat samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, axborot markaziga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud kompyuter texnikalari va boshqa jihozlarning holati, internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati hamda axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati o‘rganildi. Markaz faoliyatida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📥O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar, jumladan, mavjud adabiyotlar fondini zamonaviy va yangi nashrlar bilan muntazam boyitish zarurati, ayrim texnik jihozlarning yetishmasligi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash lozimligi aniqlandi. Shuningdek, axborot markazida yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni ko‘paytirish, yangi axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda markaz faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish zarurligi qayd etildi.

⬇️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida axborot markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik tadbirlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1