Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 17-Oqbuloq saylov okrugi deputati M.Xasamiddinov o‘z saylov okrugi hududidagi Oqbuloq mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish yuzasidan targ‘ibot olib bordi.
Muloqot davomida aholi o‘z xonadonlari va ko‘cha bo‘ylarini ozoda saqlash, hududlarni begona o‘t-o‘lanlardan tozalash, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Shuningdek, mahalla hududida tozalikni ta'minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va obod muhitni yaratish har bir fuqaroning burchi ekani ta'kidlanib, bu borada mahalla faollari va aholi bilan fikr almashildi.
Hamjihatlikda amalga oshirilayotgan bunday ishlar mahallaning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qiladi.