35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish davomida fuqaro murojaati tinglandi

 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Mo‘minov tomonidan "Nukus" mahallasida olib borilgan ko‘chama ko‘cha o‘rganishlar davomida "Bahor" ko‘chasi, 6-uyda yashovchi fuqaro B.Mallayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Muloqot jarayonida fuqaro turmush o‘rtog‘ining nogironligini belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalasida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi. Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, uni amaldagi qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1