35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash raisi D. Safarova va deputatlar diqqat markazida: Tumandagi qabristonlarning obodonlashtirilishi va texnik holati o‘rganildi

Kengash raisi D. Safarova va deputatlar diqqat markazida: Tumandagi qabristonlarning obodonlashtirilishi va texnik holati o‘rganildi

Muborak qadamjolar hamda ziyoratgohlarni asrab-avaylash, qabristonlar obodonchiligini ta’minlash — xalqimiz ma’naviyati va qadriyatlarining muhim ko‘rinishidir.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova boshchiligidagi deputatlar guruhi tumanda joylashgan qabristonlarning bugungi holati va obodonlashtirish ishlarining borishini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida Kengash raisi va tuman deputatlari ziyoratgohlar hududida aholi hamda hasharchilar tomonidan amalga oshirilayotgan tozalik va ta’mirlash ishlarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar.