35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

📊 XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan 2026-yil II choragi davomida yuzasidan tizimli nazorat ishlari amalga oshirildi.

❗️Komissiya majlislarida mutasaddi tashkilotlarning hisobotlari eshitilib, sessiyalar muhokamasiga dolzarb masalalar kiritildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi.

Mazkur faoliyat quyidagi qonunlar asosida amalga oshirilmoqda:
📌 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – mahalliy Kengashlarning vakolatlari, doimiy komissiyalar faoliyati va deputatlik nazoratining huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌 "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – deputatlarning nazorat funksiyasi, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
📌 "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-474, 12.04.2018) – davlat organlari faoliyati ustidan ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi – mahalliy budjet mablag‘larining shakllantirilishi, taqsimlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tartibga soladi.

🤝 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan deputatlik nazorati va nazorat-tahlil ishlari izchil davom ettirilmoqda. Aholi manfaatlarini ta'minlash va hududni barqaror rivojlantirish yo‘lida tizimli ishlar kelgusida ham davom etadi.

Slide 1 of 1