♻️Tuman Kengashi deputati N.Bayzakova tomonidan "O‘rikzor" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Shuningdek, mahallada profilaktik tadbirlarning samaradorligi, aholi bilan muloqotlar tashkil etilishi, muammoli oilalar va yoshlar bilan manzilli ishlash holati yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi