Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Azimova hududdagi savdo shoxobchalarida bo‘lib, aholi iste'moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda mahsulotlar yetarliligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida iste'mol bozori holati tahlil qilinib, aholini sifatli va zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
🤝 Aholi farovonligini ta'minlash va iste'mol bozorida barqarorlikni saqlash borasidagi nazorat ishlari izchil davom etmoqda.