Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini o‘rgandi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda

Deputatlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini o‘rgandi

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan Chamanzor mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, “Yettilik” faoliyati hamda aholi bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy holati, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, Chamanzor mahallasi hududida 21 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, mahallada 2 043 ta oila, 642 ta xonadon va 5 874 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

📇 Mahalla xotin-qizlar faoli Dilfuza Adilova tomonidan ta’kidlanishicha, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida 170 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan. Ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

📂 Shuningdek, deputatlar tomonidan mahallalarni o‘rganishning 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi asosida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi, “Ayollar daftari” bilan ishlash sifati, murojaatlar ijrosi, profilaktik tadbirlar, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi.

🗂 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

📝 Yakunda deputatlar tomonidan mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

📈 Bunday o‘rganishlar mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish va davlat organlari hamda mahalla tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3