Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi mavjud holatlarni o‘rganish va muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom etmoqda.

📥"Zarbuloq" mahallasi ichki ko‘chalarining bugungi holati hudud deputati Faxriddin Matasimov hamda Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida yo‘llarni ta’mirlash va aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha ko‘riladigan choralar belgilab olindi.

📥Shahar aholisining madaniy hordiq chiqarish maskanlaridan biri — "Yoshlar bog‘i"dagi tungi yoritish chiroqlarining holati 8-okrug deputati Sanjar Mamayusupov tomonidan ko‘zdan kechirildi. Maqsad — bog‘ hududining yorug‘ va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash.

✅Xalq vakillarining bunday o‘rganishlari shahrimiz obodligi va aholi farovonligiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3