Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tuman Mudofaa ishlari bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X.R.Sultonov tomonidan Tuproqqal’a tuman Mudofaa ishlari bo‘limida sohaga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar bilan ishlash, harbiy hisobni yuritish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, safarbarlik tadbirlarini tashkil etish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash hamda sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida qonun hujjatlarining to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash, faoliyat samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.