Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#Qonun_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun



🏢"Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–581, 2019-yil 7-noyabr) ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, mulkdorlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi hamda uy-joy fondidan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

📌Asosiy maqsadlar:

🏠Shaffof va samarali boshqaruv
🤝Mulkdorlar huquqlarini himoya qilish
🛠Umumiy mulkni saqlash va ta’mirlash
🌳Hududlarni obodonlashtirish
✍️Hisobdorlik va ochiqlikni ta’minlash

🔠Mulkdorlar majburiyati:

• Umumiy mulkni asrash
• To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish
• Yig‘ilishlarda ishtirok etish
• Hudud tozaligiga hissa qo‘shish

🏠Obod va xavfsiz uy – hamkorlik va mas’uliyat natijasidir.

Bizni kuzatishda davom eting!