Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

NURLI PANGAT MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda tozalik va tartib madaniyatini targ‘ib qilish, uy-joy mulkdorlarining mas'uliyatini oshirish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Nurli Pangat mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova bilan fuqarolar ishtirokida ko‘chalar, yo‘l yoqalari va umumiy foydalanishdagi hududlarda sanitariya-tozalik ishlari olib borildi. Amalga oshirilgan ishlar davomida begona o‘tlar o‘rib tozalanib, hududning sanitariya holatini yaxshilandi.

Deputat tomonidan obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganilib, mahalla hududida tozalikni saqlash, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish masalalari yuzasidan fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Slide 1 of 4