Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

♻️ Unda tuman prokurorining jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti hamda Zangiota tumani IIB boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

♻️ Muhokamalar davomida tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

♻️ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan namunaviy doimiy komissiya qarori asosida  Qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.                     

Slide 1 of 4