Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis U.Kenjayev tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Yangi davr mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada joriy yil holatiga 1 ta jinoyat sodir etilgani sababli hudud sariq toifaga kiritilgani, shuningdek, 54 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani va xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha 10 ta kuzatuv kamerasiga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 3