Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi

Aholi farovonligini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Omadbek Olimjonov Andijon shahridagi "Ilg‘or" MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1