️Joriy yilning 1-iyulidan 31-iyuliga qadar respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Jondor tumani Qo‘riqlash bo‘limi hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamkorligida tumanning mahallalari, tashkilotlari va ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.
➡️Tadbirlar davomida fuqarolar o‘rtasida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️Hamkorlikdagi uchrashuv va suhbatlar orqali aholi o‘rtasida tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda har bir fuqaroning xavfsiz muhitni yaratishdagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berilmoqda.