Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlarga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Deputatlarga biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G. Shafoatova hamda K. Abdullayeva tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman pochta bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda iste’molchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (1996-yil 26-aprel, 221-I-son) mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Unda iste’molchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’uliyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5