Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murojov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot muhokama qilindi.
Muhokama davomida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2