Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida

               Yozning har bir kunidan unumli foydalanish zarur! Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati J.Ergasheva tumanda davom etayotgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida 33-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Loyihaning bosh maqsadi — o‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom va intellektual rivojlantirishdir. Deputat maktabda ta’til davomida ishlab turgan fan va hunarmandchilik to‘garaklari, yoshlarning kitobxonlik darajasi, kutubxona faoliyati hamda sport to‘garaklarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. J.Ergasheva ta’tilni mazmunli o‘tkazayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlarini tingladi
va mas’ullarga bolalar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi
  

Slide 1 of 6