Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan A.Navoiy mahallasida ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va sug‘orish tizimi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chatlarni muntazam sug‘orish ishlari yo‘lga qo‘yilgani, sug‘orish tizimi belgilangan tartibda tashkil etilgani hamda ko‘chatlarning parvarishiga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, ko‘chatlarni asrab-avaylash, ularning to‘liq tutib ketishini ta'minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3