Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Faxriy deputat G.Soy xotirasiga bag‘ishlangan sport tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining faxriy deputati G.Soy xotirasini yod etish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tumanda sport tadbiri tashkil etildi.

Tuman Kengashi deputati Sh.Ashurov tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu musobaqada mahalla yoshlari va sportsevarlar faol ishtirok etdilar.

Tadbirda G.Soyning tuman rivoji va aholi farovonligi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari yodga olindi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Slide 1 of 3