Янгиликлар

Fuqarolar murojaati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati tomonidan Oltinko‘l mahallasi Zarafshon ko‘chasi hududida fuqarolar bilan uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilda "Og‘ir mahalla" toifasiga kiritilgan hududda 1,9 km ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan ta’mirlangan ichki yo‘llarda ayrim haydovchilarning transport vositalarini yuqori tezlikda boshqarayotgani, bu esa bolalar, piyodalar hamda mahalla aholisining xavfsizligiga tahdid solayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur murojaat asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududga sun’iy notekisliklar (tezlikni cheklovchi qurilmalar) yoki boshqa zarur yo‘l harakati xavfsizligi vositalarini o‘rnatish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat kiritildi.

Slide 1 of 4