Янгиликлар

DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI ELMUROD PO‘LATOV TOMONIDAN NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI.

Bugun Parkent tumanining Nomdanak qishlog‘ida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov tomonidan navbatdagi
fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabulda tuman prokurori, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov, tuman Kengashi deputatlari Xusnora Yoqubova, Yulduz Uboydulayeva, Abdulatif Abdullayev, shuningdek, tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari hamda 30 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi.Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, moddiy yordam, talabalarning to‘lov-kontrakti, bandlik, tadbirkorlik, subsidiya hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Qabul jarayonida barcha murojaatlar atroflicha tinglanib, fuqarolarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi qabulning o‘zida ijobiy hal etildi.Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va deputat hamda saylovchilar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 7