Янгиликлар

Sog‘lom hayot sari muhim targ‘ibot

Sog‘lom hayot sari muhim targ‘ibot

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova 17-oilaviy poliklinikada viloyat Gemotest markazi xodimlari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida gepatit va OITS (OIV infeksiyasi) kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir davomida fuqarolarga kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, profilaktika choralari hamda erta tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.