#24_ta_masala
🔣Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati D.Rabbimov tomonidan Mo‘minxo‘ja mahallasi hududida joylashgan Qipchoq, Ravot hamda Mo‘minxo‘ja qishloqlarini o‘zaro bog‘lovchi ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlash ishlari jarayoni o‘rganildi.
🔣O‘rganish davomida yo‘l qurilish ishlari sifati, belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔣Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram