Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mingchinor mahallasida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychieva Ulug‘nor tumaniga amalga oshirgan xizmat safari davomida Mingchinor mahallasi hududida barpo etilayotgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida korxona qurilishida olib borilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan qayd etilganidek, ayni vaqtda korxonaning asosiy texnologik uskunalari va zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlarini olib kelish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Uskunalar to‘liq o‘rnatilib, sinov ishlari yakunlanganidan so‘ng korxonani ishga tushirish rejalashtirilgan. N.Toychieva loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini belgilangan grafik asosida yakunlash, uskunalarni tezkor o‘rnatish hamda ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Ta’kidlanganidek, mazkur korxona faoliyat boshlashi natijasida mahalliy xomashyoni qayta ishlash imkoniyatlari kengayadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda aholini sifatli briket ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa hududning sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana
bir amaliy ifodasi bo‘ladi.
 

Slide 1 of 3