Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashidagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashidagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga Sherobod tumanidan saylangan deputatlar R. Xolmirzayeva va M. Norbasheva ishtirok etdilar.

📋 Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ–438-son "Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining Sherobod tumanidagi ijrosi;

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2025-yil 3-martdagi VII-7-41-8-119-K/25-son qarori bilan tasdiqlangan ilovaga, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-son "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘zgartirish kiritish masalasi.

👤 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari Elbek Jo‘rayevich Musayevning hisoboti tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

✅ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar ishlab chiqilib, doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4