Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#96_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Raxmatov Fotex Akmalovich tashabbusi bilan saylov okrugi hududidagi Baxshitepa mahallasiga 100 kVt quvvatga ega transformator olib berildi.
Mazkur transformator Toyloq tumani hududida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Kengashi sessiyasi qarori bilan orttirilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilinib, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat hamda mahalla raisi ishtirokida mahallaga yetkazib berildi.
Ushbu amaliy ish mahalla aholisining elektr ta’minotini yanada yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2