Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#96_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Komiljon Oripov tomonidan Fayzavod mahallasidagi 42-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

PQ-393-sonli qaror asosida amalga oshirilayotgan, qiymati 3 mlrd 192 mln so‘mlik loyiha doirasida maktab binosi ta’mirlanib, qo‘shimcha o‘quv binosi qurilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook