Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH – ASOSIY VAZIFA

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tomonidan 6-Ravot saylov okrugiga qarashli “Katta Ravot” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
​Mazkur jarayonda mahalla hokim yordamchisi tashabbusi bilan hududda yangidan tashkil etilayotgan va faoliyatini kengaytirayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashildi. Xususan:
​Qurilishi davom etayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi ishlar holati;
​Tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar va ularni qiynayotgan masalalar;
​Yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi rejalar ko‘rib chiqildi.
​O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.


✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3